1

«Akfa» universitetiga oid Prezident qarori loyihasi «Raqobat to`g`risida»gi qonunga zidligi ma`lum qilindi

Jamiyat 11.07.2020, 10:24
«Akfa» universitetiga oid Prezident qarori loyihasi «Raqobat to`g`risida»gi qonunga zidligi ma`lum qilindi

‘Akfa’ universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qaror loyihasi muhokamaga qo`yilgani haqida xabar berilgan edi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi mazkur qaror loyihasining ayrim bandlari «Raqobat to`g`risida»gi qonun va bir qator Prezident qarorlari talablariga zid kelishini ma`lum qildi.

Monopoliyaga qarshi kurash qo`mitasi mazkur imtiyozlarni berish masalasida o`z xulosasini bayon qildi. Unga ko`ra, «Raqobat to`g`risida»gi qonunining 12-moddasiga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ayrim xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko`rsatayotgan boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga nisbatan afzal holatga qo`yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va engilliklarni asossiz ravishda berishi taqiqlanishi ko`rsatilgan.

Qo`mitaning bildirishicha, «Akfa» universitetiga imtiyoz berish ta`lim bozorida faoliyat olib borayotgan boshqa xususiy ta`lim muassasalariga nisbatan ustunlik berilishiga olib keladi va raqobat muhitiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Avvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi O`zbekistonda qator korxonalarga eksklyuziv imtiyozlar berish huquqini bekor qilishni ko`zda tutuvchi Prezident farmoni loyihasini muhokamaga qo`ygandi. Farmon loyihasida «Akfa» universitetiga berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1