1

Poytaxtli 66 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 11.07.2020, 16:03
Poytaxtli  66 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi

Poytaxtimizda  yashovchi 66 yoshli M.R. joriy yil 1 iyuldan shahar 1-son klinik shifoxonasida davolangan. Unga “COVID-19” og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi bilan kechgan.

Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklari bilan og`rigan.

Bemor bundan avval, oxirgi 12 yildan buyon qandli diabet kasalligi bilan davolanib kelgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

"Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi" deb yozadi SSV

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1