1

O`zbekiston xalq hofizlaridan biri vafot etdi

Madaniyat 11.07.2020, 21:26
O`zbekiston xalq hofizlaridan biri vafot etdi

O`zbekiston xalq hofizi, professor  Mahmudjon Tojiboev bugun, 11 iyul kuni vafot etgani xabar qilindi. 

Mahmudjon Tojiboev  G`ozievich 1957 yil 25 noyabrda Quva tumanida tug`ilgan. Xonanda va sozanda (tanbur, sato), O`zbekiston xalq hofizi (2000). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1984). 

Qo`shiq aytishni dastlab E.Mamatov, G`.Hojiqulovdan, keyinchalik hofizlik an`analarini O.Otaxonov, O.Alimaxsumov, O.Hotamov., O.Alimaxsumov va F.Mamadalievdan o`zlashtirgan, sozandalik sirlarini. T. Alimatovdan o`rgangan. 

Yu.Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli yakkaxoni (1984 yildan), O`zbekiston davlat konservatoriyasi dosenti (2000).

Mahmudjon Tojiboev ijro usuli vazminligi, lirikaga moyilligi, ovoz va cholg`u mutanosibligi bilan ajralib turar edi. 

Marhumning oila a`zolariga ta`ziya izhor etamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1