23 noyabr kuni Samarkand shahridagi “So`zangaron” mahallasida joylashgan “Xoja Nisbatdor” masjidi yonidagi savdo do`konida elektr simlari tutashuvidan yong`in sodir bo`ldi.
Shamol oqibatida yong`in alanga olib, masjid ayvonining peshtoq qismiga o`tgan. Ko`ngilsiz holat tuman yong`in xavfsizligi xodimlari tomonidan tezda bartaraf qilindi. Masjidning ayvon qismi yong`indan biroz zarar ko`rgan. Yong`indan zarar ko`rgan joy O`zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan qisqa muddat ichida ta`mirlandi, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati.
Masjid binosining asosiy qismiga yong`in o`z ta`sirini o`tkazmaganligi bois, mahallada yashovchi aholi besh vaqt namozlarini ushbu masjidda ado etishmoqda.





