1

Toshkentlik 76 yoshli koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. U o`z vaqtida shifoxonaga yotishdan bosh tortgan

Jamiyat 12.07.2020, 17:12
Toshkentlik 76 yoshli koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. U o`z vaqtida shifoxonaga yotishdan bosh tortgan

Joriy yilning 7 iyul kuni Chilonzor tumanida yashovchi 76 yoshli V.T. (ayol) va uning o`g`lida “COVID-19” tasdiqlanganidan so`ng uyiga maxsus tez tibbiy yordam guruhi kelgan. Ammo bemorda kasallik belgilari bo`lsada, shifoxonada stasionar holatda davolanish rad etilgan.

11 iyul kuni bemorning ahvoli og`irlashganligi sababli Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

U erda unga “COVID-19”ning og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 2-darajasi, yurak va bosh miya tomirlari aterosklerozi, dissirkulyator ensefalopatiyaning 2-darajasi, 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi kabi hamroh kasalliklari bo`lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda SSV telegram kanalida ma`lum qilindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1