1

Olim koronavirus mutasiya qilgani sababli uning yuquvchanligi 30 foizga ortganini ma`lum qildi

Salomatlik 13.07.2020, 10:58
Olim koronavirus mutasiya qilgani sababli uning yuquvchanligi 30 foizga ortganini ma`lum qildi

Hongkong universiteti tibbiyot maktabi dekani, professor Gabriel Leungning ta`kidlashicha, koronavirusning yuquvchanligi uning DNKsida yuz bergan mutasiya sababli mart oyidagiga nisbatan 30 foizga ortdi. Ushbu olim Hongkong hukumatiga koronavirus bo`yicha maslahatlar berib boradi. Bu haqda kun.uz yozmoqda. 

"South China Morning Post nashrining xabar berishicha, olim o`z fikrlari bilan radioeshittirishlardan birida bo`lishgan. Uning ta`kidlashicha, bu borada xalqaro tadqiqot o`tkazilgan. U koronavirusning eng tarqalgan shtammida mutasiya yuz bergani, buning natijasida esa uning yuquvchanligi ortganini ko`rsatgan. Mart oyida har bir bemor 3 nafar sog`lom kishiga virusni yuqtirgan bo`lsa, hozirgi kunda 4 kishini zararlamoqda. Bu ma`lumotlar cheklovlar yumshatilgandan keyin koronavirusning yangitdan avj olishi kuzatilayotgan Hongkongdagi statistika bilan ham tasdiqlangan.  

Biroq yaxshi yangilik shundaki, hozircha virus mutasiya natijasida “qirg`inbarotroq”qa aylanganining hech qanday belgisi yo`q.

Olimning ta`kidlashicha, Hongkongni koronavirusning yangi mahalliy avj olishi kutmoqda. Shu sababli u hukumatni keksa odamlarni koronavirusga testlashga alohida e`tibor qaratishga chaqirgan. 

Iyul boshida AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchi koronavirusning yangi shtammi aniqlanganini ma`lum qilgandi. Uning ta`kidlashicha, virus mutasiyalar natijasida tezroq tarqala boshlagan. Buning natijasida uning bemor tanasidagi miqdori ortib boradi.  

Avvalroq Jahon sog`liqni saqlash tashkilotida koronavirus mutasiya oqibatida tajovuzkorroqqa aylanmagani ma`lum qilingan" deb yoziladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1