1

Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat`iylashtirildi

Dunyo 13.07.2020, 14:59
Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat`iylashtirildi

Janubiy Koreya hukumati 13 iyuldan boshlab Qozog`iston, Qirg`iziston, Bangladesh va Pokiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartiblari kuchaytirilganini e`lon qildi. 

Endilikda ushbu davlatlardan kelayotgan fuqarolar koronavirus testidan o`tishi va infeksiya mavjud emasligini tasdiqlovchi rasmiy xulosaga ega bo`lishi kerak. Bundan tashqari, tibbiy ma`lumotnoma Koreyaga jo`nashdan 48 soat avval olingan bo`lishi va faqat Koreya Respublikasi diplomatik vakolatxonalari tomonidan tan olingan muassasalardan olinishi kerak.

Shu bilan birga, xorijdan kelgan barcha fuqarolar uch kun davomida COVID-19 uchun takroriy test topshirishi va natijalaridan qat`i nazar 14 kun davomida karantinda bo`lishi zarur.

Xabarda ta`kidlanishicha, Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat`iylashtiriladigan ro`yxatga qo`shilish ehtimoli mavjud yana 11 mamlakatdagi vaziyat kuzatib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1