AsosiyShou-biznes

Rayhonning ko`ngli nimalarni istayapti? (Foto)

Xonanda Rayhon G`anieva o`zining Instagram'dagi sahifasida farzandlari bilan tushgan suratlarini joyladi.

Suratlardan birining tagiga farzandlari uchun Ollohga shukrona bildirilgan bo`lsa, yana birining tagiga ko`nglidan o`tgan kechinmalar yozilgan.

San`atkorning kechinmalarida shunday yoziladi:

“Ulg`ayganing sari arzon spektakl va fitnalardan uzoqda yurishni istarkan kishi. Shunchaki shinam uy, oila davrasidagi shirin kechki taom, farzandlarning kulgisi va baxti, shuningdek, qahvangga qancha shakar qo`shish kerakligini biladigan inson yoningda bo`lishi kifoya ekan”.

Rayhonning ushbu tilaklari amalga oshishiga biz ham tilakdoshmiz. Suratlarni esa hukmingizga havola etamiz.

    Boshqa yangiliklar