1

Armaniston va Ozarbayjon davlatlari chegarasida qurolli to`qnashuv kelib chiqdi

Dunyo 14.07.2020, 10:58
Armaniston va Ozarbayjon davlatlari chegarasida qurolli to`qnashuv kelib chiqdi

Tomonlar voqeada bir-birini ayblamoqda. Ozarbayjonga ko`ra, ikki tomon ham yo`qotishlarga uchradi, Armaniston faqat dushman kuchlari zarar ko`rgan deb da`vo qilmoqda. Bu haqda Xalqaro va Jahon siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy xabarlar va tahlil kanali yozmoqda. 

Armaniston Mudofaa vazirligi vakili Shushan Stepanyanning ta`kidlashicha, Armaniston qurolli kuchlari vaziyatni nazorat qilmoqda.

Janglar Erevan o`zini o`zi alohida respublika deb hisoblaydigan Tog`li Qorabog`da emas, balki xalqaro miqyosda tan olingan chegarada: bir tomondan Armanistonning Tavush viloyati bilan, ikkinchi tomondan Ozarbayjonning Tovuz tumani chegarasida bo`lib o`tgan.

Boku Tovuz tumanida arman qurolli kuchlari chegarani buzgan deb hisoblamoqda. «12 iyul kuni tushdan boshlab Armaniston qurolli kuchlari bo`linmalari bizning pozisiyalarimizga artilleriya o`qlaridan o`q uzdilar. Ikki tomondan ham yo`qotishlar mavjud», - deyiladi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabarida. Boku tomondan uch askar halok bo`ldi (2 nafari otishma paytida, yana bir kishi kasalxonada), besh nafari yaralandi. «Dushman ko`plab yo`qotishlarga uchradi va chekindi», - deyiladi vazirlik bayonotida Armanistonning zarari sonini aniq ko`rsatmasdan.

Erevan esa chegarani Ozarbayjon buzganini ta`kidlamoqda. «Bizga noma`lum bo`lgan sabablarga ko`ra Ozarbayjon qurolli kuchlari UAZ rusumli avtomashinada davlat chegarasini Tavush tomondan buzishga uringanlar. Armaniston tomoniga ogohlantirish bergach, UAZ rusumli avtomashinani qoldirib, dushman qo`shinlari o`z pozisiyalariga qaytishdi», - deb yozdi Armaniston Mudofaa vazirligi tvitterida. Erevanning so`zlariga ko`ra, shundan keyin Ozarbayjon harbiylari «artilleriya otishidan» foydalanib, Armanistonning tayanch punktini egallashga harakat qilgan, ammo «ular o`qqa tutilgan».

Armaniston va Ozarbayjon kuchlari o`rtasidagi so`nggi yirik voqea 22 may kuni Tog`li Qorabog`dagi aloqa liniyasida yuz bergandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1