Bojxona brokerlariga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga 2015 yil 1 dekabrdan boshlab avtomobil transportida O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali (shu jumladan tranzit shartlarida) o`tkaziladigan tovarlar va transport vositalari to`g`risida davlat bojxona xizmati organlarini elektron tarzda oldindan xabardor qilishni amalga oshirish huquqi berildi. Bu haqda “Toshkent-Aero” IBK Bojxona nazoratini tashkil etish bo`limi inspektori Kamoliddin Alimov xabar beradi.
Bu esa avtomobil transportida O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o`tkaziladigan tovarlar va transport vositalarini bojxonada rasmiylashtirishni yanada takomillashtirish va rasmiylashtirish vaqtini qisqartirish, shuningdek ular to`g`risidagi axborotlarning ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
Endi avtomobil transportida O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o`tkaziladigan tovarlar va transport vositalari to`g`risida elektron tarzda oldindan xabardor qilishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan ma`lumotlar ro`yxati hamda davlat bojxona xizmati organlarini elektron tarzda oldindan xabardor qilish tartibotlarini amalga oshirish sxemasi ham tasdiqlandi.
Manfaatdor shaxslar davlat bojxona xizmati organlariga tovarlar va transport vositalari to`g`risidagi boshqa ma`lumotlarni ham jo`natishlari mumkin.





