1

JSST koronavirus dunyoda to`rt ssenariy asosida tarqalayotganini aytdi

Dunyo 14.07.2020, 14:21
JSST koronavirus dunyoda to`rt ssenariy asosida tarqalayotganini aytdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoning turli mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining to`rtta ssenariysini aytib o`tdi. Bu haqda tashkilot brifingida ma`lum qilingan.

Birinchi ssenariyga ko`ra, epidemiya Janubi-sharqiy Osiyo, Tinch okeani, Karib dengizi va Afrika mamlakatlarida rivojlangan bo`lib, ular vaziyatni nazoratga olgan.

Ikkinchi ssenariyga ko`ra, Evropada tarqalgan bo`lib, kasallik keng o`choqlari avj olgan. Ammo «kuchli rahbariyat va aholining asosiy tavsiyalarga amal qilishi natijasida» ularni bostirishga erishildi. «Evropaning ko`plab mamlakatlari virusning yirik o`choqlarini nazoratga olish mumkinligini isbotladi», — deydi JSST rahbari.

Uchinchi ssenariy kasallik birinchi to`lqinning eng yuqori cho`qqisidan o`tgan, ammo karantinni yumshatib hozirgi kunda kasallik yana avj olishiga duch kelgan mamlakatlarda (Gebreyesus aynan qaysi mamlakatlar ekaniga aniqlik kiritmagan) amalga oshmoqda. «Dunyoning bir qator mamlakatlarida biz kasallanish holati ortayotganining guvohi bo`lyapmiz, kasalxonalar yana to`lmoqda», — deb ta`kidlagan u.

To`rtinchi ssenariy Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Osiyo va Afrikaning ayrim mamlakatlarida kuzatilgan kasallanishlar sonining keskin oshishidir. Gebreyesusning so`zlariga ko`ra, koronavirus pandemiyasining episentri sifatida ikki Amerika qolayotgan bo`lib, ularga jami kasallanganlarning 50 foizi to`g`ri keladi.

«Men avval ham aytganman va yana qaytaraman: mamlakat epidemiologik chiziqning qaerida bo`lmasin, qat`iy choralar ko`rishga hech qachon kech emas», — deb ta`kidlagan JSST rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1