28

Vahimaga qarshi vaksina yo`q

Salomatlik 14.07.2020, 21:44
885
Vahimaga qarshi vaksina yo`q

Koronavirus pandemiyasi bizning boshimizda sodir bo`layotgan ikkinchi epidemiyaga olib kelmoqda, bu - vahima. Bu psixologik hodisa, ammo yuqumliligi kam emas, deb yozadi Shveysariyaning Neue Zürcher Zeitung nashriga tayanib Yuz.uz.

Shubhasiz, Sars-CoV-2 pandemiyasi millionlab odamlarning kasallanishi va yuz minglab odamlarning o`limiga olib keldi. Erda biror bir joy yo`qki, koronavirus etib bormagan. Biroq so`nggi haftalarda pandemiya bilan bir qatorda odamlar ongidagi pandemiya so`nggi haftalardagi o`zgarishlar va tendensiyalar, qolaversa, kelajakdagi o`zgarishlar uchun muhim rol o`ynamoqda.

Haqiqiy COVID-19 pandemiyasidan tashqari, odamlarning boshida katta va ehtimol, o`ta yuqumli vahima paydo bo`ldi: «vahima», deb yozadi maqola muallifi, sosiolog Angelika Nimann.

OAV xabarlari, bu haqdagi materiallarning doimiy nashr etilishi, sharhlash va infeksiyaning ko`payishi holatlari, ko`rsatkichlari vahima xuddi virus kabi egasining boshiga kirib olishiga ta`sir ko`rsatdi. Virusologlar, mutaxassislar va siyosatchilarning kechayu kunduz ayni mavzuda yuritayotgan mulohazalari, fikrlari va pozisiyalari bu ta`sirni kuchaytirdi.

Muallif yaqin vaqt ichida vaksina yoki tiklanishga yordam beradigan qo`shimcha dori-darmonlar tatbiq etilishidan umid qiladi. Ammo afsuski, bu dori darmonlar vahimaga ta`sir qilmaydi. Vahimadan qutqaruvchi dori yoki vaksina bo`lmaydi. Shuning uchun bu «vahima» jamiyatimiz va ijtimoiy hayotimizni jiddiy oqibat va o`zgarishlarga olib kelishi mumkin.Hamjihatlikni yaxshi namuna sifatida keltirish kerak. Cheklov choralarini tatbiq etish paytidagi birdamlik jihatlarini eslang. Uy ayvonlaridan shifokorlarni olqishlayotgan odamlar, ko`ngillilar tashabbuslari, muhtoj qo`shnisiga yoki yurtdoshiga yaxshilik ilinjida bo`lgan insonlar...

Ammo bu yangi altruizm (altruizm— axloqiy tushuncha, uning negizida boshqa kishilarga xolis xizmat qilish, ularning baxt-saodati uchun o`z shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi) ko`proq xudbinlik bilan niqoblangan bo`lib chiqadi. Shuning uchun buning aksi sodir bo`ladi: birdamlik rivojlanmaydi, aksincha tushib ketadi. Insonning o`z qiziqishlari yana birinchi o`ringa chiqadi. Bu tahdid soluvchi inqirozlarda yangi hodisa emas. Supermarketlardagi bo`m-bo`sh rastalar "omma o`rtasidagi o`ta hamjihatlik” bilan qanday bog`liqligini aniq ko`rsatdi.

So`z boshida aytilganidek, har bir inson hech bo`lmaganda sub`ektiv hissiyotlariga ko`ra, o`z hayoti uchun o`zi kurashadi.Va bu erda o`ziga eng yaqin ham o`zi bo`ladi. Shu erda biz yana «vahima»ga qaytamiz.Har qanday holatda ham ko`plab makaron (kartoshka) sotib olishning hojati yo`q edi. Turli xil ijtimoiy va iqtisodiy so`rovlar ham manfaatlar ustuvorligini ko`rsatmoqda.

Tez orada bu tendensiya kuchayadi. Koronavirus keltiradigan iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini biz hali baholay olmaymiz. Bu asta-sekin oydinlashib boradi. O`shanda yordam so`rovi baland ovozda eshitiladi. Vahima uchun vaksina bo`lmaydi, deyiladi maqolada.
 

Шарҳлар