1

To`yib ovqatlanmaydiganlar ulushi reytingida O`zbekiston ko`rsatkichlari ijobiy tomonga o`zgardi

Jamiyat 15.07.2020, 15:43
To`yib ovqatlanmaydiganlar ulushi reytingida O`zbekiston ko`rsatkichlari ijobiy tomonga o`zgardi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O`zbekistonda “To`yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko`rsatkichlari qayta ko`rib chiqildi. Bunga sabab, 2019 yilning 10-12 dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari bilan o`tkazilgan seminarda Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari O`zbekistonning ko`rsatkichlari bo`yicha e`tiroz bildirib, FAO eksperti Dorian Kalamveros Navarro bilan bahs-munozara olib borgan edi.  

Davlat statistika qo`mitasi  Axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulovning ma`lum qilishicha,  FAO mutaxassislari qo`mita vakillarining keltirgan aniq isbot-dalillariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining “To`yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko`rsatkichini 2014 yildan boshlab, New Food Balance Sheet asosida qayta ko`rib chiqdi. Qayta hisoblash natijasida ko`rsatkichlar 2016-2018 yillar uchun 2,8 % (0,9 mln. kishi) va 2017-2019 yillar uchun 2,6 % (0,8 mln. kishi) ni tashkil etdi.  

Bu ma`lumotlar 2020 yilning 13 iyul kuni bo`lib o`tgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI – 2020)  hisoboti onlayn yig`ilishida hamda FAO rasmiy sayti orqali e`lon qilindi.

Eslatib o`tamiz,  FAO ekspertlari 2019 yilgi (SOFI – 2019) yig`ilishida O`zbekistonning 2016-2018 yillarda to`yib ovqatlanmaydiganlar ulushi ko`rsatkichlarini 6,3 % (2,0 mln. kishi) deb e`lon qilgan edi. Bu ko`rsatkich bilan O`zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog`iston (2,1 %) va Turkmaniston (5,4 %) dan keyin uchinchi o`rinni eganllagan edi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1