1

Bosh vazir o`rinbosari O`ktam Barnoev va Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xo`jaev sudga berildi

Jamiyat 16.07.2020, 09:13
Bosh vazir o`rinbosari O`ktam Barnoev va Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xo`jaev sudga berildi

Qarshi tumanida paxta etishtirish klasteri bilan shug`ullanuvchi «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi Bosh vazir o`rinbosari O`ktam Barnoev, Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xo`jaev va uning birinchi o`rinbosari Shuhrat Teshaevlar ustidan Qibray tuman ma`muriy sudiga shikoyat arizasi kiritdi. Bu haqda "kun.uz" yozdi.

Keltirilishicha, «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi va Qarshi tuman hokimligi o`rtasidagi nizo hamon davom etmoqda.

Kun.uz'ga ma`lum bo`lishicha, «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi Qibray tuman ma`muriy sudiga Bosh vazirning agrar va oziq ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari buyicha o`rinbosari – Paxta-to`qimachilik klasterlari faoliyati va salohiyatini baholash bo`yicha Respublika Ishchi guruhi rahbari O`ktam Barnoev, Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xo`jaev hamda Qishloq xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari Shuhrat Teshaevlarning Vazirlar Mahkamasida 2020 yil 8 aprelda o`tkazilgan yig`ilishga «Sulton Tex Group» xususiy korxonasining qonuniy manfaatlarini buzadigan asoslantirilmagan ma`lumot taqdim etish bilan bog`liq va yig`ilish bayonida korxonaga biriktirilgan paxta tozalash zavodining bino va inshootlarini qaytarish, korxonasining paxta to`qimachilik klasteri faoliyatni to`xtatish va o`rnida fermer xo`jaliklari kooperasiyasi tashkil etish to`g`risida qaror qilinishi bilan bog`liq  korxonaning qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlarini qonunga xilof deb topish haqida shikoyat arizasi kiritgan.

Ushbu ma`lumotlarni Qibray tuman ma`muriy sudi mas`ullari tasdiqladi.

Dastlabki sud majlisi shu yilning 9 iyul kuni Qibray tuman ma`muriy sudida bo`lib o`tgan. Sud majlisi javobgarlarning hech biri sudda ishtirok etmagani sababli shu yilning 16 iyul kuni soat 11:00ga qoldirilgan.

«Sulton Tex Group» xususiy korxonasining Qarshi tumanida paxta to`qimachilik ishlab chiqarish klasteri faoliyatini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida biriktirilgan 15 ming gektar ekin maydoni Bosh vazir o`rinbosari O`ktam Barnoev imzolagan yig`ilish bayoniga asosan hokimlik zaxirasiga qaytarib olingandi.

Keyinchalik, Qarshi tuman ma`muriy sudi Qarshi tuman hokimi va hokimlik mansabdor shaxslariga «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi klaster faoliyatiga aralashish, uning 2020 yil uchun fermerlar bilan tuzgan shartnomasini bekor qilish yoki o`zgartirishga urinishi taqiqlab qo`yilgandi.

Hozirda sudning mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan Qarshi tuman prokurori tomonidan protest kiritilgani va ish Qashqadaryo viloyat ma`muriy sudi apellyasiya instansiyasida ko`rib chiqilayotgani aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1