AsosiyJamiyat

Namangan viloyati hokimi loqaydlik va sustkashlik sabab ishdan olindi

Bugungi kunda Namangan ahli oldida turgan ulkan vazifalarni bajarishda ko`p narsa viloyat boshqaruvida rahbarlik vazifasida o`tirgan shaxslarga, eng avvalo, ishni to`g`ri tashkil etib, el-yurtni katta maqsadlar sari o`z ortidan ergashtira oladigan birinchi rahbarning mas`uliyatiga bog`liq, deydi mamlakatimiz rahbari 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so`zlagan nutqida. 

Ana shu nuqtai nazardan qarab, viloyat hokimi Bahodir Yusupovning faoliyatiga baho beradigan bo`lsak, afsuski, oxirgi paytlarda uning ishida o`zibo`larchilik, beparvolik va loqaydlik, sustkashlik kayfiyati kuchayib borayotganini ko`rish mumkin, 

 

 

 

 

 

 

Ma`lumki, B.Yusupov 7 yil davomida viloyatda birinchi rahbar bo`lib ishladi. Namangandek katta bir viloyatga etakchi bo`lish mas`uliyatini o`z zimmasiga olgan bu shaxsning avvalambor keng miqyosda fikrlashga, aholining tashvish va muammolari, dardi bilan yashashga, eng muhimi, viloyatda turli soha va tarmoqlarni boshqaradigan, o`zining qo`l ostida ishlaydigan rahbar va mutaxassislarni yagona bir maqsad uchun birlashtirishga qurbi etmadi, deydi Davlatimiz rahbari. 

Shular sababli B.Yusupov Namangan viloyati hokimi vazifasidan ozod qilindi. 

    Boshqa yangiliklar