AsosiyJamiyat

Namangandagi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi 36 milliard so`mga kamaydi

Keyingi yillarda Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsulotida sanoatning ulushi atigi 11 foizga yaqinni tashkil etdi, deydi Prezident Islom Karimov xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida.

Mamlakatimiz miqyosida bu raqam ikki barobardan ziyod ko`p bo`lib, 25 foizdan iborat. Shuning uchun ham hozirgi kunda Namangan viloyatining mamlakatimiz sanoatidagi ulushi juda past darajada – bor-yo`g`i 2,7 foiz bo`lib qolmoqda. Bu albatta hech kimni qoniqtirmaydi. 

Joriy yilda viloyatdagi 10 ta yirik sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 36 milliard so`mga kamaygan, aholi jon boshiga iste`mol tovarlari ishlab chiqarish esa mamlakatimizdagi o`rtacha ko`rsatkichdan 1,7 barobar orqada qolgan. 

Eng yomoni, mavjud korxonalarning aksariyati to`la quvvat bilan ishlamayapti. Bunga esa ishlab chiqarishga korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, menejment ishini to`g`ri yo`lga qo`yish, bu borada zamonaviy usullardan foydalanish bo`yicha deyarli siljish yo`qligi sabab bo`lmoqda. Natijada buyurtma portfeli nomiga shakllantirilmoqda, bir qator korxonalarning moliyaviy ahvoli yildan-yilga yomonlashmoqda, ularning texnika va texnologiyalari eskiligicha qolmoqda.

Bugungi kunda viloyat bo`yicha 327 ta yoki jami sanoat korxonalarining 10 foizi faoliyat ko`rsatmayotgani, 16 foizi esa past quvvat bilan ishlayotganini afsus bilan qayd etishga to`g`ri keladi. 

    Boshqa yangiliklar