AsosiyJamiyat

Namanganning yangi hokimi to`g`risida viloyat saytiga ma`lumot joylandi

Kecha  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tavsiyasiga ko`ra, Namangan viloyatining Mingbuloq tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Xayrullo Bozorov Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi. 

Xayrullo Bozorov 1976 yilning 16 yanvari kuni, Namangan viloyati Chortoq tumanida tavallud topgan. 1997 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.

Xayrullo Bozorov mehnat faoliyatini Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasi inspektori lavozimidan boshlab, Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig`igacha davom ettirgan.

2005 yilda u faoliyatini Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, keyinchalik ushbu guruh rahbarligi bilan davom ettirgan.

2007 yilda Xayrullo Bozorov Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishladi.

2008  yildan u Namangan viloyatining uchta tumaniga ketma-ket hokim etib tayinlandi. Dastavval u Uchqo`rg`on, 2009 yildan Chust tumani va 2014 yildan Mingbuloq tumanlariga rahbarlik qilgan.

    Boshqa yangiliklar