AsosiyDunyo

O`z farzandini 250 dollarga sotmoqchi bo`lgan ona qo`lga olindi

Odam savdosi bilan ayblanib, boliviyalik ikki ayol qo`lga olindi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Ikki ayol bir yarim oylik qizchani 250 dollarga sotmoqchi bo`lgan. Jinoyatni sodir etishda ayollar Facebook tarmog`idan foydalangan. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifaga chaqaloq sotilishi haqida e`lon berilgan. Qizchaning 32 yoshli onasi foxishalik bilan shug`ullangan va bolaning otasi kimligini bilmagan. Shuning uchun uni sotib, daromad orttirmoqchi bo`lgan.  

Chaqaloqni 18 yoshli qiz sotib olmoqchi bo`lgan. U chaqaloqni o`z bolasi qilib ko`rsatib, shu yo`l bilan sevgan yigitini qaytarmoqchi edi.  Qizning sobiq yigiti holat yuzasidan polisiyaga xabar bergan.

Eslatib o`tamiz, xuddi shunday holat oktyabr oyida Nigeriyada yuz bergan edi. Ikki haftalik chaqaloqni 90 dollarga sotmoqchi bo`lgan olti nafar shaxs qo`lga olingan edi.  O`shanda ayol sodir etmoqchi bo`lgan jinoyatini muhtojlik yuzasidan qilganini ta`kidlagan edi.

 

 

    Boshqa yangiliklar