AsosiyJamiyat

Bir yo`la bir necha kishini hayotdan olib ketgan yirik YTH yuz berdi

Toshkent halqa avtomobil yo`li bo`laklaridan biri — Ohangaron yo`lida 26 noyabr kuni bir necha avtomobil ishtirokida yirik yo`l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar beradi Daryo.uz nashri.

Halokat joyidan olingan fotosuratlar Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e`lon qilinib, Telegram orqali tarqatildi.

Fotosuratlardan halokat oqibatida tom qismi yo`q bo`lib ketgan Damas, ag`darilgan Neksiya, shuningdek, pachoq bo`lgan Matiz va Neksiya avtomobillarini ko`rish mumkin.

Ma`lumotlarga ko`ra, YTHda Lacetti avtomobili ham qatnashgan.

“Lacetti va Neksiya o`zaro to`qnashuv sodir etgan, to`qnashuv zarbidan Neksiya yo`lning qarama-qarshi tomoniga “uchib” chiqqan, Damasga va qisman Matizga urilgan”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan va tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida olti kishi halok bo`lgan, halok bo`lganlar orasida bolalar borligi aytilmoqda.

“Besh kishi voqea joyida, yana bir kishi 16-shahar shifoxonasida vafot etgan”, — deb yozadi guruh a`zolaridan biri.

Qurbonlardan biri liseydan qaytayotgan o`quvchi qiz bo`lgani ma`lum.

Darakchi.uz mazkur yo`l-transport hodisasi yuzasidan IIVning YHXBBdan rasmiy axborot so`raganimizda, ish tergovga oshirilgani va surishtiruv ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

Anqilangan holatlar yuzasida tez orada ma`lumot berilishini rasmiy vakillardan kutib qolamiz.

/

    Boshqa yangiliklar