AsosiyDunyo

Putin va Olland “Islom davlati”ga qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldi

Ikki davlat rahbarlari kecha Moskvadagi uch soat davom etgan uchrashuvida “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashish bo`yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Turkiya harbiy havo kuchlari tomonidan Su-24 samolyotining urib tushirilishi bo`ldi. Tomonlar bunday holatlar takrorlanishiga yo`l qo`yib bo`lmasligini ta`kidladi. Putin gap orasida Turkiya hukumati hanuzgacha holat yuzasidan kechirim so`ramaganligini va hodisa tagiga etish maqsadini ham bildirmaganligini aytib o`tdi.

Prezidentlar suhbatni keyingi hafta Parijda o`tkaziladigan Birlashgan millatlar tashkilotining iqlimga oid konferensiyasida davom ettirishini ma`lum qildi.

    



 

    Boshqa yangiliklar