Yong`in nazorati xodimlari tomonidan 417 korxona va tashkilot, o`quv muassasalarining yong`inga qarshi holati o`rganib chiqildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda
Natijada, yong`in xavfsizligi qoidalarini buzayotgan, tegishli ko`rsatmalarga rioya qilmayotgan 334 rahbar hamda mas`ul shaxs, fuqarolarga 31 million so`mga yaqin jarima solindi. Mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo`yicha tuman hokimligiga 174, boshqa tashkilotlarga 276 axborotnoma, ma`lumotnoma va taqdimnoma kiritildi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrda qabul qilingan “Har yili yong`in xavfsizligi oyligini o`tkazish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 20 noyabrdan boshlab
mamlakatimizda Yong`in xavfsizligi oyligi o`tkazilmoqda. Yong`in xavfsizligi oyligidan ko`zlangan maqsad noxush holatlarning oldini olish, aholini hushyorlik va ehtiyotkorlikka chorlashdir.





