Yurtdoshimiz Strasburg filarmonik orkestrining yangi badiiy rahbari etib tayinlandi

Madaniyat 17.07.2020, 16:13
Yurtdoshimiz Strasburg filarmonik orkestrining yangi badiiy rahbari etib tayinlandi

Yurtdoshimiz, 32 yoshli talantli musiqachi Aziz Shohakimov Strasburg filarmonik orkestrining yangi badiiy rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Safari telegram kanali xabar berdi.

U rahbar sifatidagi ish faoliyatini 2021 yil sentryabr oyidan boshlaydi. Ungacha yurtdoshimiz o`z ichini sidqidildan bajarish uchun o`z oilasi bilan Strasburg shahriga joylashishga qaror qilgan.

U 9 yil davomida rahbarlik qilgan Marko Letonyaning o`rnini egallaydi. Uning shartnomasi qayta yangilanish imkoniyati bilan 3 yilga imzolangan.

Aziz Shohakimov 21 yoshidayoq Gustav Maxler" konkursini yutib, dunyoga tanilgan. Hozirgacha, yurtdoshimiz dunyoning eng katta sahnalarida nufuzli orkestrlarda dirijyorlik qilib kelmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1