Bugungi kunda shaharlararo yo`lovchi tashish transportlarga GPS qurilmasi o`rnatilgan.
Bundan asosiy maqsad dispecherlik markazini yaratish hamda yo`lovchilarning xavfsizligini ta`minlash. Xo`sh, ushbu qurilmaning yo`lovchilar xavfsizligiga qanday ta`siri bor?
Ko`pgina haydovchilar yo`lda tez yurishadi, bu moslama tezlikni va o`z yo`nalishda harakat qilishni nazorat qilib turadi.
Yana ushbu qurilma onlayn rejimda transport vositasining qaerga, qanday tezlikda qaysi yo`nalishda ketayotgani haqida ma`lumot beradi. GPS qurilmasining “istoriya” degan bo`limi mavjud bo`lib, bu bo`limda mazkur transport vositasi bir oy oldin qaerda bo`lganligi haqida ma`lumotlar beradi, deya xabar berdi “O`zaxborottrans” MChJ bo`lim boshlig`i Abduqahhor Jo`raev .





