Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Tadbir avvalida davlatimiz rahbari koronavirus bilan bog`liq vaziyatga alohida to`xtalib o`tdi.
– Vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda. Shuning uchun hech qaysi hudud rahbari bizda ahvol yaxshi, deb, xotirjamlikka berilishga haqqi yo`q. Hamma joyda kamchiliklar bor. Eng asosiy vazifa – ularni vaqtida aniqlab, xolis baho berib, tezda tugatish chorasini ko`rishdan iborat, – dedi Shavkat Mirziyoev. – Bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap aynan mana shu koronavirus haqida aytilgan. Agar biz bu xatarga beparvo, beg`am bo`lsak, minglab odamlarning sog`lig`i va taqdirini xavf ostiga qo`yamiz, vaziyatimiz yanayam og`irlashadi. Eng qo`rqinchlisi, o`lim soni keskin ko`payadi.