1

Kelgusi yildan boshlab barcha loyihalarda ichimlik suvini xonadonlargacha ulash zarurligi ta`kidlandi

Siyosat 17.07.2020, 21:21
Kelgusi yildan boshlab barcha loyihalarda ichimlik suvini xonadonlargacha ulash zarurligi ta`kidlandi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida navbatdagi videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Tadbir avvalida davlatimiz rahbari koronavirus bilan bog`liq vaziyatga alohida to`xtalib o`tdi.2018 yil 30 noyabrda davlatimiz rahbarining “O`zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta`minoti va kanalizasiya tizimlarini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilingan edi. So`nggi ikki yilda bu sohaga byudjetdan 3,7 trillion so`m ajratilgan. Bundan tashqari, 48 ta loyihaga 1,9 milliard dollar xorijiy kreditlar jalb qilingan.

Yig`ilishda ta`kidlanganidek, uch yil ichida 3 million 600 ming aholiga suv etkazish rejalashtirilib, mablag` masalasi hal qilib berilgan bo`lsa-da, barcha muammolar oxirigacha o`z echimini topmagan.

Loyihalarni tanlashda joylardagi holat, aholining talabi va mavjud suv manbalari to`liq o`rganilmayapti. Kredit qaytimi byudjet zimmasiga tushayotgani tarmoq va hudud rahbarlarini jiddiy o`ylantirishi zarurligi ko`rsatib o`tildi.

Davlatimiz rahbari loyihalarni amalga oshirish va xorijiy kreditlarni qaytarishdagi muammolarni ko`rsatib, yangi qurilgan suv tarmoqlaridan to`liq foydalanish, kelgusi yildan boshlab barcha loyihalarda ichimlik suvini xonadonlargacha ulash zarurligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1