AsosiyJamiyat

17 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, koronavirus qayd etilganlar 15607 (+125) nafarga etdi

'17 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, koronavirus qayd etilganlar 15607 (+125) nafarga etdi'ning rasmi

SSV ma`lumotiga ko`ra 2020 yil 17 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15607 (+125) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 52 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 35 nafari Sirdaryo viloyatida tana harorati ko`tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 24 nafari Andijon viloyatida hamda 14 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 94 nafar, Qashqadaryo viloyatida 42 nafar, Samarqand viloyatida 34 nafar, Andijon viloyatida 30 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 13 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Jizzax viloyatida 1 nafar, jami 220 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib yurtimizda 9003 (+220) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6525 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar