Bosh prokuratura Matbuot xizmati "darakchi.uz"ga Departament organlari tomonidan dori vositalarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo`yicha ma`lumotlar taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 6 oyi davomida, Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o`tkazish maqsadida ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan bog`liq 21 ta holat aniqlanib, noqonuniy muomalada bo`lgan 737 020 ming so`mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.
Misol uchun, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Shokirov xorijda ishlab chiqarilgan va qo`lbola usulda qadoqlangan “Arbidol” dori vositasini har bir quttisini 450.000 so`mdan hisoblab, 40 qutisini xaridorga 18 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Shu kunning o`zida olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, Shokirov mazkur dori vositasini “Telegramm” dasturidagi dori vositalarining oldi-sotdisi bilan shug`ullanish maqsadida ochilgan “Onp_uzb” nomli kanal orqali tanishgan Ikromov va Sunnatov ismli shaxslardan qayta sotish maqsadida har bir quttisini
320 ming so`mdan hisoblab 40 quttisini 1.200 AQSh dollari va 560 ming so`mga sotib olganligini bayon etgan.
Fuqaro Shokirovpushaymonlik to`g`risida ariza bilan murojaat qilib, unda fuqaro Ikromov va Sunnatovlarning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo`yishda yordam berishini so`ragan. Mazkur murojaat yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Ikromov va Sunnatovlar tomonidan fuqaro Shokirovga xorijda ishlab chiqarilgan va qo`lbola usulda qadoqlangan “Arbidol” dori vositasining har bir quttisini 320 ming so`mdan hisoblab, 110 quttisini jami 35,2 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.
Chilonzor tumani
Departamentning Chilonzor tumani bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda “Ali Vali Farm” MChJga qarashli dorixonada o`tkazilgan tezkor tadbirda, jamiyat rahbari A.Ismatov va dorixonaning norasmiy sotuvchisi I.Kenjaevlar 4 dona “Regapen 150 mg” dorisining har bir donasini 15.000 so`mdan hisoblab jami 60.000 so`mga ariza muallifi M.Shprungga sotishgan vaqtda ushlanib, jami 780.000 so`mlik xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari va ushbu dorilar savdosidan tushgan 7,7 mln. so`m ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.
01.07.2020 yilda bo`lim tomonidan “Ali Vali Farm” MChJ rahbari A.Ismatov va dorixona norasmiy sotuvchisi I.Kenjaevga nisbatan JKning 2511-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.
Qarshi shahar
Departamentining Qarshi shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Qashqadaryo viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi sobiq rahbari Sh.Sherov, bo`lim boshlig`i B.Boymurodov va boshqalar mansab vakolatlarini suiiste`mol qilib, markaz hisobiga tushishi lozim bo`lgan 480,1 mln. so`m mablag`larini, markazda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblab to`lanishi, ishlagan xodimlarga ortiqcha ish haqi hisoblanishi va to`lanishi natijasida, 271,6 mln. so`m, “gipoxlorid kalsiy” dizenfeksiya vositasi haqiqiy bahosidan 166,1 mln. so`m qimmat narxlarda sotib olishib, jami 917,8 mln. so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilishganligi aniqlangan.
03.07.2020 yilda bo`lim tomonidan Qashqadaryo viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi sobiq rahbari Sh.Sherov, “Viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi huzuridagi xo`jalik hisobidagi pullik xizmat ko`rsatish va sanitariya-epidemiologiya xulosa berish bo`limi” boshlig`i R.Boymurodov va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.
Namangan viloyati
Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar “Farm Family Biznes”, “AVIKON TEX” hamda
“Hymo Standart” MChJlar bilan shartnoma tuzishib, 524,8 mln. so`mlik “gipoxlorid kalsiy 65%” nomli dezinfeksiyalovchi vositalarini sotib olingan kunidagi birja narxlaridan
248,9 mln. so`mga qimmat narxda sotib olishib, juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`larini o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilishganligi aniqlangan.
03.07.2020 yilda boshqarma tomonidan viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi
3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.
Farg`ona viloyati
Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Xamrakulov 250 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg.” dorisini
2,5 mln. so`mga sotishga kelishib, maxsus xaridorga 100 donasini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
- 06.07.2020 yilda boshqarma tomonidan fuqaro B.Xamrakulovga nisbatan JKning
273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.
Chilonzor tumani
Departamentning Chilonzor tumani bo`limi tomonidan Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Kosher Food” MChJga qarashli dorixona rahbari A.Azizov xorijda ishlab chiqarilgan 14 dona “Regapen 300 mg” dorisining har bir donasini 40,0 ming so`mdan hisoblab jami 560.000 so`mga ariza muallifi B.Niyazovga sotgan vaqtda ushlanib, noqonuniy muomalaga kiritilgan 14 dona “Regapen 300 mg” dorisi va dorixonada noqonuniy ravishda muomalaga kiritish maqsadida saqlanayotgan 905 dona “Regapen 300 mg” dori vositasi, 9 dona flakon idishdagi suyuq dori, jami 46,0 mln. so`mlik xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari, ushbu dorilar savdosidan tushgan 10,8 mln. so`m ashyoviy dalil sifatida olingan.
07.07.2020 yil bo`lim tomonidan “Kosher Food” MChJga qarashli dorixona rahbari A.Azizovga nisbatan JKning 2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.
Andijon tumani
Departamentning Andijon tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Usmonova ariza muallifi Sh.Qobuljonovga 15 dona “Tropikamid Sterilno 1,0 %, 10 ml” nomli va 42 dona “Lyrica Kapsul Pregabalin 300mg” nomli dori vositasini jami 2,5 mln. so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
15.07.2020 yilda bo`lim tomonidan fuqaro N.Usmanovaga nisbatan JKning
2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.






