1

Telegramga yana ikkita eng muhim funksiya qo`shilmoqda

Hi-tech 20.07.2020, 13:48
Telegramga  yana ikkita eng muhim funksiya qo`shilmoqda

O`zbekistonda ommabop bo`lgan Telegram ko`p jihatdan raqobatchilaridan ustun; uning asosiy kamchiligi esa videoqo`ng`iroq funksiyasi yo`qligidir. Yaqinda messenjerga ushbu funksiya qo`shila boshlagan.

Insayderlarning ma`lum qilishlaricha, mazkur messenjer iyulning oxiridayoq videoqo`ng`iroq funksiyasini taqdim etadi. Bundan tashqari, keyinroq unda «Tarixlar» – Stories formatidagi xabarlar ham qo`shilishi mumkin. Bu opsiya dastlab Snapchat va Instagram servislarida paydo bo`lgan, keyin ko`plab ijtimoiy tarmoqlarga va hatto bank ilovalariga ham ko`chgan.

Stories elementining messenjerga qay shaklda tatbiq etilishi masalasida hozircha bir qarorga kelingan emas. Telegram jamoasi hozirda bu masalani faol muhokama qilmoqda, chunki aksariyat (asosan Rossiyadan tashqaridagi) foydalanuvchilardan shu taklif ko`p tushmoqda.

Ayni damda esa Telegram asosiy e`tiborni videoqo`ng`iroq joriy etilishiga qaratgan. Messenjerning har ikkala mobil platforma – iOS hamda Android uchun ishlab chiqilgan klientlari navbatdagi yangilanishda ushbu funksiyani taqdim etadi. Insayderlarga ko`ra, videoqo`ng`iroq dastlab «tishlangan olmali» qurilmalar, keyinroq esa «yashil robotchali» devayslar egalariga etib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1