1

Shavkat Mirziyoev qurilish sohadasidagi korrupsiya va “xufiyona iqtisodiyot” holatlarini keskin tanqid qildi

Siyosat 20.07.2020, 21:35
Shavkat Mirziyoev qurilish sohadasidagi korrupsiya va “xufiyona iqtisodiyot” holatlarini keskin tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 20 iyul kuni arxitektura va qurilish sohasidagi islohotlar natijalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatimizda bunyodkorlik ko`lami yil sayin kengaymoqda. Uzoqni o`ylab, hududlarda urbanizasiya jarayoni amalga oshirilyapti. Qishloq joylarda ham qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Bular, albatta, sohani takomillashtirish, shaffoflikni ta`minlash, ipoteka bozorini rivojlantirishni taqozo etadi. Oxirgi uch yilda shu masalalar bo`yicha Prezidentning qirqqa yaqin qarori qabul qilindi.

Bu sa`y-harakatlarning izchil davomi sifatida davlatimiz rahbarining 2020 yil 13 martdagi farmonida qurilish sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, byurokratik to`siqlarni kamaytirish, barcha bosqichlarda shaffoflikni ta`minlash, innovasion ishlanmalar va ilg`or axborot texnologiyalarini keng qo`llash chora-tadbirlari belgilangan edi.

Qurilish vazirligi oldiga 337 ta shaharsozlik qoida va normalaridan joriy yilda 60 tasini yangilash vazifasi qo`yilgan. Yil boshida vazirlikda Qurilishda texnik me`yorlash markazi tashkil etilib, unga 15 nafar malakali mutaxassis olingan. Hozirda 33 ta yangi shaharsozlik qoida va normalari ishlab chiqilgan.

Yig`ilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish uchun ilg`or tajribaga ega xorijiy kompaniyani jalb etish bo`yicha ko`rsatma berildi.

Prezidentimiz sohada korrupsiya va “xufiyona iqtisodiyot” holatlarini keskin tanqid qilib, qurilish tenderlarini o`tkazish va pudrat tashkilotlarini tanlash jarayonlarini raqamlashtirish zarurligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1