AsosiyJamiyat

Poytaxtlik 52 yoshli koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Unda hamroq kasalliklar ham bo`lgan

'Poytaxtlik 52 yoshli koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Unda hamroq kasalliklar ham bo`lgan'ning rasmi

Poytaxtlik 52 yoshli erkak koronavirus og`ir kechishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi malum qildi.

Bu shaxs Toshkent shahri Mirobod tumanida yashaganbo`lib, Rossiyada chap o`pka yuqori bo`lagi o`smasini davolash va ximioterapiya muolajalaridan so`ng 5 iyun kuni O`zbekistonga qaytgan. 
Bemorda holsizlik, ko`krak qafasida og`riqlar kuzatilgan va 15 iyun kuni Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi stasionariga yotqizilgan.

Unda 27 iyun kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o`tkazilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik sepsis, o`tkir nafas etishmovchiligining 2-darajasi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor o`pka saratoni, gipertoniya hamroh kasalliklari bilan ham og`rigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar