SSV ma`lum qilishicha bugun 20 iyul kuni mamlakatimizda 562 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 63 nafari Karantin muassasalarida, 499 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Buxoro hamda Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 184 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 17 314 nafar bemordan 9 463 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 55 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 7 760 nafar bemordan 79 nafari og`ir, 29 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.
Hozir mamlakatimizda uy karantinida 62 361 nafar, stasionar karantinda esa 24 628 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.







