AsosiyJamiyat

O`zbekiston 150 dan ortiq davlatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda

'O`zbekiston 150 dan ortiq davlatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda'ning rasmi

Pandemiya sharoiti bo`lishiga qaramay, O`zbekiston 150 dan ortiq davlatlar bilan savdo-sotiq ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Bunda Xitoy 18,1 %, Rossiya 16,3 %, Qozog`iston 8,4 %, Koreya Respublikasi 7,1 % va Turkiya 5,6 % bilan tashqi savdo aylanmasi yuqori ulushga ega bo`lgan davlatlar hisoblanadi.  

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd. AQSh dollariga yoki 18,2 % ga kamaygan. Bunda eksport 6,3 mlrd. AQSh dollari va import 9,5 mlrd. AQSh dollariga teng bo`lib, respublikaning tashqi savdo aylanmasi saldosi – 3,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar