1

Prezident «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasi bo`yicha yig`ilish o`tkazdi

Siyosat 21.07.2020, 22:23
Prezident «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasi bo`yicha yig`ilish o`tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoev so`nggi o`n kunda 16 nafar rahbar ishdan bo`shatilgan, «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasiga bag`ishlab yig`ilish o`tkazdi. Davlat rahbari tizimga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Qayd etilishicha, geodeziya, kartografiya va kadastr sohasida qator muammolar to`planib qolgan.Mamlakatda er xatlovi oxirgi marta 40 yil oldin o`tkazilgan. Masalan, 140 ta tuman ma`muriy chegaralari hozirgacha aniq emas. Qishloq xo`jaligi erlarini ajratish tartibi 20 yil oldin qabul qilingan va hozirgi islohotlar talabiga javob bermaydi. Bularning oqibatida sohada talon-torojlik va korrupsiya avj olgan. 66 ta tumanda 150 ming gektar ekin eri o`zboshimchalik bilan egallangan, oxirgi ikki yilda 122 nafar kadastr xodimi jinoiy javobgar bo`lgan.

Shu bois tizimni isloh qilish boshlandi. Bugungi yig`ilishda shu boradagi muhim masalalar muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Prezident Shavkat Mirziyoev kadastr idoralarining eng asosiy vazifasi erning hisobi va balansini yuritish bo`lishi kerakligini qayd etdi. Yil yakuniga qadar er turi, konturi, chegarasi va foydalanuvchisi haqidagi ma`lumotlar jamlangan axborot tizimini ishga tushirish vazifasi qo`yildi. Endi er ajratish to`g`risidagi qaror mazkur tizimga kiritilsagina haqiqiy hisoblanadi.

Shuningdek, sun`iy yo`ldosh kanallarini ijaraga olish va signallarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga ko`rsatma berildi. Bu esa kosmosuratlarni yillar bo`yicha taqqoslash orqali hosildorlikni tahlil qilish, erlarning meliorativ holatini muntazam o`rganishda qo`l keladi.

Qishloq xo`jaligini boshqarishni raqamlashtirish, kelgusi yildan er balansi va uning hisobini Milliy geoaxborot tizimida yuritish zarurligi qayd etildi. Yil yakuniga qadar qishloq xo`jaligi maydonlarini elektron tanlov va auksion asosida ajratish tartibini joriy qilish, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda er toifalarini optimallashtirish bo`yicha topshiriq berildi.

«Ergeodezkadastr» davlat qo`mitasining tuproq sifatini baholash, erlarni rivojlantirish, ekinlarni joylashtirish bilan bog`liq vazifalarini, shuningdek, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo`jaligi vazirligiga o`tkazish taklifi bildirildi. Jahon bankidan ajratilayotgan 87 million dollar hisobidan mazkur institut faoliyatini rivojlantirish, laboratoriyalarini yangilash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, Qishloq xo`jaligi vazirligiga yil yakunigacha 10 ming gektar er maydonining tuproq tahlilini va agrotexnologik xaritalarini tayyorlash vazifasi qo`yildi.

Sohadagi yana bir kamchilik — ba`zi turdagi kadastrlar to`liq shakllanmagan. Masalan, avtomobil yo`llari kadastri 23 foiz, madaniy meros ob`ektlari 32 foiz, quvurlar 32 foiz, shaharsozlik kadastri 63 foiz shakllangan, xolos. Shu bois IT-texnologiyalarni rivojlantirish bo`yicha Bosh vazir maslahatchisiga ishchi guruh tuzib, kadastrlar bazasini to`liq ishlab chiqish topshirildi.

Yig`ilishda shahar va qishloqlarda erning haqiqiy qiymatini aniqlash hamda uning bozorini shakllantirish masalasiga ham to`xtalib o`tildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev sohaning kadrlar salohiyati pastligi, «Ergeodezkadastr» davlat qo`mitasi tizimidagi 27 foiz xodimlar mutaxassisligi sohaga to`g`ri kelmasligini qayd etdi. Shu yo`nalishda xorijiy oliy o`quv yurti filialini tashkil qilish muhimligi, Italiyaning Piza universiteti hamda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti bilan hamkorlik o`rnatish kerakligi ta`kidlandi.

Avvalroq «Ergeodezkadastr» davlat qo`mitasida tozalash ishlari boshlangani haqida xabar qilingan edi. Unga kshra, 10 iyulda 7 nafar, 17 iyulda esa 9 nafar rahbar lavozimini suiiste`mol qilgani, o`z ishiga mas`uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan yondoshib tizim idoralarida etarli darajada ishni tashkil etmaganligi va eng asosiysi xalqning muammolariga chuqur o`rganib echim topmagani uchun ishdan bo`shatilgan.

Jumladan, 17 iyul kuni Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l, Shomanay, Taxtako`pir, Beruniy, Ellikqal`a tumani va Nukus shahri, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hamda Buxoro viloyatining Kogon tuman «Ermulkkadastr» korxonalari rahbar va xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1