2020 yilning 1 sentyabridan boshlab Toshkentdan Rossiya Federasiyasining turli shaharlariga doimiy aviareyslar tiklanadi. Bu haqda Rossiyaning «AeroTur» aviakompaniyasi ma`lum qilgan, deya xabar qildi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.
Xususan, Toshkent va Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Qozon, Vladivostok shaharlari o`rtasida aviaparvozlar tiklanadi.
Hozirgi kunda aviakompaniya saytida 1 sentyabrdan 30 sentyabrgacha reyslar jadvali e`lon qilingan.






