AsosiyDunyo

Firibgarlar WhatsApp orqali bank kartalari ma`lumotlarini o`g`irlamoqda

Singapur banklar assosiasiyasi Android platformasidagi mobil telefonlar foydalanuvchilarini yangi virus haqida ogohlantirishdi, deb xabar beradi “TASS”. Yangi telefon  virusi  WhatsApp dasturining qalbaki ilovasi orqali tarqatilmoqda.

Banklar assosiasiyasi boshlig`i Ongang Ay Bunning so`zlariga ko`ra, mashhur dasturning sertifikatlanmagan talqinini mobil telefonga o`rnatishda u mijozdan shaxsiy ma`lumotlar, jumladan bank kartalarining parollarini ham so`raydi. Shundan so`ng dasturga kiritilgan viruslar ma`lumotlarni firibgarlarga jo`natadi.  

Bundan tashqari, firibgarlar maxsus dastur yordamida internet do`konlarida xarid amalga oshirilganda banklar tomonidan mijozlarga jo`natiladigan sms-xabarlar ham jo`natish imkoniyatiga ega.  

 

    Boshqa yangiliklar