Jamoaning 13 nafar futbolchisi topshirgan test natijalari musbat ko`rsatkich qayd etdi. Ular jamoadan ajratilib, qat`iy izolyasiyaga olindi.
«Shuningdek, jamoa massajchisining test tahlili ham musbat ko`rsatkich qayd etgan va izolyasiyaga olingan. Shu bois, klubning boshqa futbolchi, xodimlari ham COVID-19 ga yana bir bor test topshirgan va ayni damda ular test javoblarini kutishmoqda», - deyiladi PFL xabarda.
Ma`lumot uchun, avvalroq «Paxtakor»ning 5, «Surxon»da 2, «Bunyodkor»da bir nafar futbolchida koronavirus aniqlangan edi. Shuningdek, Pro liga doirasidagi «Xorazm» - «Dinamo» o`yini ham futbolchilarda koronavirus alomatlari sezilgani uchun qoldirilgandi.
21 iyulda O`zbekiston Superligasining uch klubi — “Paxtakor”, “Buxoro” hamda “Surxon”da umumiy hisobda o`ndan ziyod virus yuqtirib olgan futbolchilar borligi ma`lum qilingan edi.