AsosiyJamiyat

Beeline Va4ach yangi mobil messenjerini ishga tushirdi

Eng yirik aloqa operatori Beeline Va4ach eng yangi mobil ilovasining ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Dastur milliy messenjerni ifodalaydi – WhatsApp, Viber va Telegram kabi ommabop servislarning milliy analogi bo`lib, bugungi kundan boshlab barcha Beeline abonentlari Android OT Google Play do`konidan ilovani yuklab olishlari mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “Bu haqiqatdan ham O`zbekiston uchun noyob loyiha, u Beeline abonentlarining qulay muloqotlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi. Sir emas, so`ngi payt mobaynida turli messenjerlar dunyo bo`ylab yuzlab insonlarni o`ziga jalb etdi, shuning uchun kompaniyamiz, bozorning innovasion etakchisi sifatida ushbu trenddan chetda qolmadi. Shaxsiy on-layn messenjerning joriy qilinishi mijozlariga jahon darajasidagi zamonaviy xizmatni taqdim etuvchi digital-provayder imidjini yana bir bor tasdiqlaydi”.

Va4ach‘ning boshqalardan farqi – bepul tarifikasiya, fotosuratlar, videofayllar va ovozli xabarlar bilan tezkor almashish, va bir necha kishiga bir paytning o`zida xabarlar yuborish imkoniyatining borligidir.

“Messenjerning asosiy afzalligi shunda-ki, u Beeline abonentlari uchun mutlaqo bepul, – deydi Unitel‘ning marketing xizmati rahbari Hilola Karimboeva. – Bundan tashqari, Va4ach TAS-IX doirasi joylashgan, bu esa matnli va multimediya xabarlarning etkazib berilish tezligi yuqori ekanligini ko`rsatadi. Ishonaman, messenjerimizni nafaqat mijozlarimiz orasida, balki barcha Android foydalanuvchilari orasida ham katta ommaboplik kutmoqda”.

Va4ach on-layn messenjerini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin:

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.unitel.va4ach

    Boshqa yangiliklar