Istanbuldagi portlash tafsilotlari xabar qilindi

Dunyo 01.12.2015, 21:41
Istanbuldagi portlash tafsilotlari xabar qilindi

Istanbul metrosidagi “Bayrampasha” bekatining er osti yo`lida portlash sodir bo`ldi, bu haqda NTV telekanali xabar beradi.

Voqea joyiga juda ko`p tez yordam va o`t o`chiruvchi mashinalar etib keldi. Haberturk telekanali ma`lumotlariga ko`ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo`lib, yana bir kishi yaralangan.

Poezdlar harakati to`xtatilib, odamlar evakuasiya qilinmoqda.

Hodisa sababi hali noma`lum, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, portlash transformator budkasida yuz bergan bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1