AsosiyJamiyat

15 avgustgacha karantin cheklovlari o`z kuchida qoladigan faoliyat turlari bilan tanishing

'15 avgustgacha karantin cheklovlari o`z kuchida qoladigan faoliyat turlari bilan tanishing'ning rasmi

O`zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi.

Quyidagi faoliyat turlarini to`xtatish bo`yicha cheklov joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi:

  •  parklar va istirohat bog`laridagi attraksionlar;  
  • buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug`ullanuvchi yirik do`konlar;  
  •  sport zallari, fitnes klub, trenajer, basseynlar;
  •  umumiy ovqatlanish ob`ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona);
  •  maktabgacha ta`lim tashkilotlari, o`quv kurslari va har qanday to`garaklar;  
  • sanatoriylar (koronovirus infeksiyasidan davolangan va reabilitasiya o`tayotgan bemorlarga tibbiy yordam tashkil etiladigan sanatoriylardan tashqari), pansionatlar, bolalar oromgohlari, xostellar, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;
  • sartaroshxona va go`zallik salonlari;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yo`nalishsiz taksilarning kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno).

 

    Boshqa yangiliklar