Avval xabar berilganidek Istambulning Bayrampasha metro bekatida portlash sodir bo`ldi.
Reuters bergan ma`lumotlarga ko`ra, metro bekati yonida bomba portlagan.
Uskuna erusti yo`lida uning ostidan poezd o`tayotganda harakatga kelgan. Bomba qay tarzda ishlab ketgani hali noma`lum. Biroq terrorchilarning maqsadi tirband vaqtda yo`lovchilar bilan to`la bo`lgan poezd sostavi bo`lgani aniq.
Voqea oqibatida bir kishi halok bo`ldi, bir necha kishi jabrlandi. Ayni damda Istambuldagi poezdlar harakati to`xtatilgan.