1

8-qavatdan farzandlari va o`zini tashlagan ayol halok bo`ldi

Dunyo 02.12.2015, 10:37
8-qavatdan farzandlari va o`zini tashlagan ayol halok bo`ldi

Rossiyaning Irkutsk shahri shifoxonasida ko`p qavatli uyning sakkizinchi qavatidan tashlab yuborilgan to`rt yoshli bola vafot etdi, deb xabar beradi “TASS” .

Irkutsk shahrida yashovchi ayol juma kuni ikki va to`rt yoshli farzandlarini sakkizinchi qavatdan tashlab yuborgan, so`ng o`zi ham sakragan.

Rossiya sog`liqni saqlash vazirligi vakilining so`zlariga ko`ra,  to`rt yoshli bola besh kun mobaynida shifoxonaning jonlantirish bo`limida sun`iy nafas olish apparati yordamida yashagan. U bosh miyasidan olgan og`ir jarohati oqibatida halok bo`lgan.

Ayolning o`zi voqea joyida halok bo`lgan.  Bolalar tezda shifoxonaga etkazilgan. Ikki yoshli bola  olgan jarohatlari og`irligi bois o`sha kuniyoq shifoxonada  vafot etgan.   

Ayolning o`z joniga nima sababdan qasd qilgani hozircha no`malum. U ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro`yxatda turmagan. Ayolning halok bo`lganiga qaramay yosh bolalar hayotiga qasd qilganligi uchun unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lgan ayol  bir necha kun avval ikkinchi farzandi bronxit bilan og`rigani uchun shifoxonada davolangan.

Ayolning turmush o`rtog`i oilada fojeaga sabab bo`luvchi holat bo`lmaganini va xotinining qilmishidan hayratda ekanligini bildirgan.    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1