Joriy yilning 1 dekabridan boshlab Uzreport Tv telekanali Yamal 401 sun`iy yo`ldoshi orqali efirga uzatila boshladi. Bu haqda telekanal rasmiy saytida ma`lum qilindi.
“Endilikda sputnik antennaga ega bo`lgan har bir inson O`zbekistonning istalgan nuqtasidan turib Uzreport Tv telekanalini o`zi xohlagan vaqtda tomosha qilish imkoniga ega bo`ldi”,- deyiladi xabarda.
Telekanal ma`muriyati shuningdek, ushbu yangilik futbol ishqibozlarini ham xursand qilishini ta`kidlamoqda. Sababi, Uzreport Tv telekanali Evropa Chempionlar ligasi va Angliya Premer ligasi bahslarini jonli efirda namoyish qilmoqda.





