Afsuski, shu yilning 27 iyul kuni mamlakatimizda 678 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Farg`ona hamda Jizzax viloyatlarida jami 569 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 209 nafar bemordan 11 674 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 55 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 9 414 nafar bemordan 214 nafari og`ir, 83 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 67 155 nafar, stasionar karantinda esa 25 178 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.







