1

Shotlandiyada gigant dinozavrlarning izlari topildi

Dunyo 02.12.2015, 14:45
Shotlandiyada gigant dinozavrlarning izlari topildi

Shotlandiyalik paleontolog Stiven Bryusatt Skay oroli sohilidagi qo`ltiqda gigant dinozavrlarning izlarini topdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Dinozavrlarning izlari bundan 170 million yil avval (o`rta yura davri )qoldirilgan bo`lishi mumkin. Izlar to`lqinlarning orqaga qaytish paytidagina ko`rinuvchi ohaktosh va qumtoshlarda saqlanib qolgan. Ular o`rta yura davrida yashagan to`rt oyoqli gigant dinozavrlar –zauporodlarga tegishli bo`lishi mumkin. Dinozavrlar qo`ltiqning ancha chuqur joylarida ham o`z izlarini qoldirgan. Olimlar gigantlarning bunchalik chuqurlikka nima sababdan tushishganini taxmin qilishmoqda: Ular bu erda jaziramadan jon saqlagan yoki o`zlari uchun emak izlagan bo`lishi ham mumkin.  

“Qo`ltiqdagi izlar dinozavrlar diskotekasini eslatadi. Bunday izlar dinozavrlarning muntazam harakatda bo`lganini anglatadi. Zauporodlar turkumiga kiruvchi gigant dinozavrlar bu erda yashagan”, — dedi Bryusatt.    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1