Toshkentda ayni damda MAN Lion’s CNG avtobusi sinovdan o`tmoqda. Mazkur avtobus Bus Euro Test tanlovida “Yil avtobusi - 2015” nominasiyasiga sazovor bo`lgan.
Ushbu avtobusdan foydalanish samaradorligi boshqa avtobuslarnikidan 40% yuqori. JV MAN Auto – Uzbekistan mutaxassislari keyingi yilda ushbu avtobuslarni yig`ishni boshlaydi, deya xabar beradi 12news.uz nashri xabar bermoqda. Birinchi partiya hozircha 50 ta avtobusdan iborat bo`ladi.
Joriy yilning iyul oyida Samarqand avtomobil zavodi Evro-4 ekologik standartiga javob beradigan siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan ilk avtobusni taqdim etgan edi.





