AsosiyShou-biznes

O`zbekiston xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi

O`zbekiston 12-15 dekabr kunlari bo`lib o`tadigan “Qirg`iziston – qisqa metrajli filmlar mamlakati” V Xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi. Bu haqda AKIpress axborot agentligi xabar beradi.

Mashhur kinorejissyor, ssenarist, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Ali Hamroev festival hakamlar hay`atiga boshchilik qiladi. Bundan tashqari, u festival ishtirokchilariga kinorejissuradan mahorat darslari o`tadi.

Bundan tashqari festivalda qatnashadigan ishlardan biri ham o`zbekistonlik rejissyor Xristina Belousovaga tegishli. Uning hujjatli filmi festivalga topshirilgan 300 ta arizalar ichidan saralab olingan.

Festival to`rtta nominasiyada g`oliblarni saralaydi: «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi rejissura», «Hakamlar hay`atining maxsus sovg`asi» va «Tomoshabinlar e`tirof etgan film». 

G`oliblar nomi 15 dekabr kuni e`lon qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar