1

Kaliforniyadagi otishmalarda kamida 14 kishi halok bo`ldi

Dunyo 03.12.2015, 10:47
Kaliforniyadagi otishmalarda kamida 14 kishi halok bo`ldi

AQShning Kaliforniya shtati San-Bernardino shahridagi otishmalar oqibatida kamida 14 kishi halok bo`ldi, 20 dan ortiq kishi yaralangan deb xabar beradi “Lenta.ru”.

2-dekabr, chorshanba kuni San-Bernardino shahridagi imkoniyati cheklangan insonlar uchun mo`ljallangan binoda davlat xizmatchilari uchun uyushtirilgan tadbir paytida otishma yuz berdi.Tadbir uchun binoning uchinchi korpusida joylashgan konferens-zal ijaraga olingan edi. Ma`lumotlarga ko`ra, bu muassasa hududidagi ruxsatnomasiz kirish mumkin bo`lgan yagona bino hisoblanadi. Bino direktori so`zlariga ko`ra, tadbir bo`layotgan zalda 200 ga yaqin kishi bo`lgan.

Taxminan uch kishi odamlarga qarata o`q uzgan. Ular voqea joyidan GMC Yukon rusumidagi avtomobilga o`tirib qochib ketishgan.

Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilar zaldagilarni evakuasiya qilgan. Zaldan portlovchi moslama topilgani ham ta`kidlanmoqda. Polisiyachilar uni o`z vaqtida zararsizlantirishga muvaffaq bo`lishgan.

Hodisa yuzasidan o`tkazilayotgan tekshiruvlarda AQSh Federal qidiruv byurosi ham ishtirok etmoqda. Voqeadan Prezident Barak Obama ham xabardor etildi. U hukumat vakillari bilan otishmalar bilan bog`liq zo`ravonliklarga qarshi kurash yuzasidan suhbat o`tkazdi.

Ekspertlar  ma`lumotlariga ko`ra, AQShda otishmalar oqibatida har yili o`n ming bola va o`smirlar halok bo`ladi.  

AQSh Prezidenti Barak Obama bir necha marotaba amerikaliklarning qurolga egalik qilish huquqini cheklashga uringan. Ammo AQSh Kongressining ayrim vakillari bu loyihaga qarshi chiqqan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1