AsosiySalomatlik

Shamollaganlar, albatta, koronavirusga chalinadimi?

'Shamollaganlar, albatta, koronavirusga chalinadimi?'ning rasmi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Respublika Maxsus komissiyasi a`zosi Feruza Hamroboeva ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda koronavirus infeksiyasi borasida aholidan kelib tushgan savollar yuzasidan javob qaytarildi:

— Har yili yozda terlab turib, yaxna ichimlik ichish shamollashga olib kelgan-ku. Bu yilgi oddiy shamollash ham koronavirus hisoblanadimi?

— Albatta, yo`q. Respirator infeksiyalari aholi orasida hozirgi vaziyatda ham uchrashi aniq, lekin kuzatuvlar bo`yicha shamollash alomatlari paydo bo`lgan ko`pchilik aholi vahimaga tushib salomatliklariga putur etkazmoqdalar. 

Mutaxassislar fikricha, stress organizmning immun tizimini sustlashtiradi. Bu esa yuqumli kasallikka chalinish ehtimolini oshiradi.

    Boshqa yangiliklar