AsosiyDunyo

Shimoliy Koreyada yadroviy sinovlar tonneli quriladi

Jon Xopkins universiteti qoshidagi Amerika-Koreya instituti bergan ma`lumotlarga ko`ra, yaqinda sun`iy yo`ldoshlar orqali tasvirga olingan suratlar KXDRning yangi tonnel qurayotganidan dalolat beradi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

“Yadro sinovlari tobora muqarrarlashib borayotgan hozirgi davrda yangi tonnel Shimoliy Koreyaning yangi yadro sinovlari o`tkazish imkoniyatini oshiradi”,  — deyiladi xabarda.

Institut ilmiy xodimlarining fikricha, yangi tonnelning qurilish ishlari joriy yilning aprelida boshlangan. Qurilish ishlari yakunlangandan so`ng u mamlakat hududidagi yadro sinovlari uchun mo`ljallangan to`rtinchi tonnel bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar