Toshkent pediatriya instituti mas`ul xodimi Sevara Ubaydullaeva bilan bo`lgan suhbatda bugunning eng muhim ochiq qolayotgan savollari oydinlashdi. Quyida mutaxassisning bu kabi savollarga bergan javoblari bilan tanishasiz.
- Blokatorlardan foydalanish samaralimi?
- Blokatorlar Yaponiyada ishlab chiqilgan, ularning ishlab chiqilish maqsadi turli xil bakteriya va viruslardan individual himoyalanish bo`lgan. Blokatorlar inson atrofidagi xavoni va teri qoplamlarini zararsizlantiradi deb hisoblanadi. Ular turli xil shaklda bo`lib, avtomashina uchun, bolalar uchun, kattalar uchun va xonalar uchundir. Gel, sprey, portativ beydj ko`rinisha ishlab chiqilgan. Ularni tarkibidagi asosiy vosita xlorid natriya, buni osh tuzi bilan adashtirmaslik kerak. Bu blokatorlar xaqida olim va shifokorlarni fikrlari qarshi bo`lib, xattoki Rossiya Federasiyasi olimlari o`z maqolalarida xech qanday samara bermasligi fikrini keltirishgan va asoslashgan. Shu bilan birga, mazkur blokatorlarni yapon olimlari ishlab chiqqan bo`lsada, ular bu blokatorlardan infeksion kasalliklar profilaktikasida keng foydalanishni tavsiya etmaydilar deb yoritishgan. Shu bois, bugungi kunda koronosirus profilaktikasida blokatorlardan foydalanish o`z samarasi bermasligini bildirib, bularga ishonib qolib kasallik zo`rayishidan himoyalanishingiz so`raladi/
- Kasallik engil kechayotganida dori vositlarisiz davolash bilan organizm kasallikni o`zi engib chiqishi mumkinmi?
- Ha, shunday ham bo`lishi mumkin. Aniq ma`lumotlarga ko`ra, kontaktda bo`lgan axolining 80 %ida kasallik simptomlarsiz deyiladigan engil kechuvida o`tadi. Mazkur bemorlarda immun tizim yaxshi rivojlangan va faoliyat yuritadi. Bu holatlarda immun tizimni qo`llab turish maqsadida, shaxsiy gigiena qoidalariga va karantin talablariga rioya qilish o`ta muhim hisoblanadi. Ya`ni, bu – tomoqni tez-tez turli eritmalarda chayib turish, kuniga 8 martadan kam bo`lmagan xolda. Kuniga 3-4 litr suyuqlik ichish. Sog`lom ovqatlanish, ovqat rasionida meva va sabazvotlar iste`mol qilish, S-vitaminiga boy mahsulotlarni – limon, na`matak, malina-choylarni ichish, bolg`or qalampiri, piyoz va ko`katlar iste`mol qilish. Shu bilan birga, tez-tez nafas gimnastikalari, engil yurish va mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi.
- Go`daklar niqob taqishlariga qarishilik qilishadi. Bunda qanday tavsiyalar berasiz?
- Xa, bu to`g`ri, ilk yoshdagi bolalar va go`daklarga niqoblarni taqib bo`lmaydi. Agarda oilada kimdir koronovirus bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo`lgan bo`lsa, shu bilan birga unda PSR testi ijobiy ko`rsatkichga ega bo`lsa, albatta kattalar niqoblarni taqib yurishlari zarur hamda maksimal ravishda onani ham bolani ham bu bemordan ajratish kerak, ya`ni boshqa xonaga yoki boshqa uyga o`tkazish kerak. Bu bilan birga ona bolani ko`krak suti bilan boqayotgan bo`lsa, ya`ni qo`llarni 20 soniyadan ko`p sovun bilan ishqalab yuvish, niqob taqish kabi shaxsiy gigiena va karantin qoidalariga rioya qilgan tarzda davom ettirishi mumkin.
- Isiriq haqida haqida qanday fikrdasiz?
- «Isiriq» borasida, bu o`simlik profilaktika vositasi sifatida biz 100% o`tkazilishi kerak bo`lgan tadbir deb ayta olmaymiz, lekin uni qo`llashni tavsiya ham qilamiz, chunki biz bu o`simlik haqida bilamiz. Ammo ilmiy asoslangan ma`lumotlarga ega emasmiz. Shunga qaramay, shu o`rinda aytib o`tishimiz kerakki, bu o`simlikni profilaktika vositasi sifatida Abu Ali Ibn Sino bobomiz va o`rta-asrlarda yashab tabobat bilan shug`ullangan olimlar, isiriq tutuni yuqumli kasallik bilan kasallangan bemor xonadoni xavosini infeksiyadan tozalash maqsadida tavsiya etishganligi va bu o`z samarasini berganligi haqida asarlarda yozilgan. Isiriqni tutatish bizga avloddan avlodga o`tib kelib, bizni ota-bobolarimiz ham xonalarni turli xil infeksiyalardan tozalash maqsadida bu o`simlikni tutunidan foydalanishgan. Shifokor bo`lib turib, bunday holatlarda, xonadonlarda isiriq tutatib turish ma`lum bir qadar xonalarni tozalashi mumkin, lekin tutunni xonadonlardan chiqarib turish ham talab etiladi, kuniga 2-3 marta xonalarni shamollatish bilan. Amaliyotda va ko`pgina maqolalarda “Isiriq”ning tutuni ba`zi odamlarda bosh og`rig`ini keltirib chiqaradi deb yozilgan. Ba`zi adabiyotlarda esa tug`ruq davriga yaqin xomiladorlarda bu tutunni xidlatishni salgina havfli tomoni, ya`ni bachadon mushaklarini qisqarishini kuchaytirib, tug`ruq vaqtini oldin yuzaga keltirishi yozilgan.






